Qalblar uch xil boʻladi:
1. Salim qalb. Alloh huzuriga sogʻlom qalb bilan kelgan bandalargina qiyomatda najot topadi. Alloh taolo aytadi: “U kunda na molu davlat, na bola-chaqa foyda beradi. Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina (foyda beradi)” (“Shuaro surasi”, 88-89-oyatlar).
Salim qalb Allohning buyruqlariga, qaytariqlariga zid keladigan har qanday shahvatlardan, shubhalardan, Undan boshqasiga sigʻinishdan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oʻgitlaridan boshqa koʻrsatmalardan salomat qalbdir. Unday qalb egasi Allohdan boshqasiga yuzlanmaydi, shirkdan salomat boʻladi, U Zotga qullik qilishda, muhabbat, tavakkul, tavba, qoʻrquv, umidda xolis boʻladi. Uning barcha amali Alloh uchun – yaxshi koʻrsa, Alloh uchun yaxshi koʻradi, yomon koʻrsa ham Uning uchun yomon koʻradi. Bersa, Alloh uchun beradi. Man etsa Alloh uchun man etadi... Alloh taolodan shunday qalb soʻraymiz!
2. Oʻlik qalb. U avvalgisining teskarisi boʻlib, Egasini tanimaydi, amriga boʻysunmaydi, Uni yaxshi koʻrmaydi, rozi qilmaydi, shahvatlar, lazzatlar bilan ovora boʻladi, Parvardigori gʻazabiga, nafratiga yoʻliqishdan qoʻrqmaydi. Shuning uchun muhabbat, umid, qoʻrquv, rozilik, taʻzim, ibodatda Allohdan boshqasiga bogʻlanadi. Yomon koʻrsa, nafsi uchun yomon koʻradi. Yaxshi koʻrsa ham nafsi uchun yaxshi koʻradi. Bersa ham, bermasa ham nafsi uchun. Havoyi nafsi uning eʻtiqodiga, shahvat, jaholat rahbariga, gʻaflat hamrohiga aylanadi... Bunday qalb egasi boʻlib qolishdan Allohning Oʻzi asrasin!
3. Kasal qalb. Uning illati bor. Unday qalbda yonma-yon ikkita jihat mavjud. Ularning qay biri gʻolib kelsa, qalbni oʻsha yoqqa tortib ketadi. Unda – bir tomondan – Allohga muhabbat, imon, ixlos, tavakkul boʻlsa, boshqa tomondan shahvoniy muhabbat, hirs, hasad, kibr, riyo, manmanlik, nifoq, baxillik kabi shikastlantiruvchi, oqibatda halok etuvchi illatlar mavjud. Bunday qalbni davolash lozim!
Ziyovuddin RAHIM
“Qurʻon – qalblar shifosi” kitobidan
“Qurʻon – qalblar shifosi” kitobidan
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”