Islam Maxachevning kiyimini tikib o‘tirgani aks etgan video muxlislarini hayron qoldirdi (video)

Islam Maxachevning kiyimini tikib o‘tirgani aks etgan video muxlislarini hayron qoldirdi (video)
Qisqacha

UFC jangchisi Islom Maxachev o'z ko'ylagini tikayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. U chevar xizmatiga atigi 5 dollar to'lashga hozir puli yo'qligini hazil bilan aytgan. Maxachev tikishni buvisidan o'rganganini va chevarlardan ham yaxshiroq tikishini ta'kidlagan. Muxlislar uning oddiyligi va kundalik hayotda ham mustaqil ekanini ma'qullagan.

UFC jangchisi Islom Maxachev ishtirokidagi video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Kadrlarda sharhlovchi sportchidan nima bilan mashg‘ul ekanini so‘raydi. Maxachev esa o‘z ko‘ylagini tikayotganini aytadi.

Sharhlovchi bu ishni chevarga bersa bo‘lishini, xizmat haqi atigi 5 dollar turishini eslatgan. Bunga javoban jangchi hozir puli yo‘qligini, keyingi haftada mablag‘i bo‘lishini hazilomuz tarzda aytgan.

"Men chevarlardan ham yaxshiroq tikaman, chunki buni buvimdan o‘rganganman", degan Maxachev.

Uning oddiyligi va tikishni bilishi muxlislarga ma’qul keldi. Foydalanuvchilar izohlarda jangchining nafaqat oktagonda, balki kundalik hayotda ham mustaqil ekanini maqtashdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar