Maktablarda yangi xavfsizlik: ota-onalarning maktab hududiga kirishi cheklanadi

O'zbekiston maktablarida o'quvchilar xavfsizligini ta'minlash uchun ota-onalarning maktab binosi va hududiga kirishi nazorat asosida amalga oshiriladi. Ota-onalar farzandini asosan nazorat-o'tkazish punkti yoki kirish eshigigacha kuzatib qo'yadi, ichkariga esa zarur holatlarda ma'muriyat ruxsati bilan kirishi mumkin. Ta'lim muassasalari videokuzatuv kameralari, xavf tugmasi, kirishni nazorat qilish qurilmalari va qo'riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, ota-onalar farzandini asosan maktabning nazorat-o‘tkazish punkti yoki kirish eshigigacha kuzatib qo‘yadi.
Maktab binosi va hududiga kirish esa nazorat asosida amalga oshiriladi. Zarur holatlarda ota-onalar maktab ma’muriyatining ruxsati bilan ichkariga kirishi mumkin bo‘ladi.
Yangi tizim doirasida ta’lim muassasalari videokuzatuv kameralari, xavf tugmasi, kirishni nazorat qilish qurilmalari va qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. Shuningdek, maktablarga nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bu choralar maktab hududiga begona shaxslarning nazoratsiz kirishini cheklash va favqulodda vaziyatlarda tezkor chora ko‘rish imkonini oshirishga qaratilgan.































Izohlar 0
…