16:38 / 18.03.2019
5 220

Millionerlardan 10 ta maslahat: moliyaviy odatlarni sogʻlomlashtirish

Millionerlardan 10 ta maslahat: moliyaviy odatlarni sogʻlomlashtirish
1. 50-30-20 qoidasiga amal qilish. Qoida byudjetlashtirish uchun aʼlo darajadagi texnika. U daromadlaringizni uch qismga ajratishni koʻzda tutadi:

- Zarur buyumlar. Har oylik daromadlaringizning 50 foizini ajratishingiz kerak. Bular transport, kommunal, oziq-ovqatlar uchun xarajatlar, asosan ularsiz yashab boʻlmaydigan narsalar.

- shaxsiy xarajatlar. Maoshingizning 30 foizini shoping, xobbi va sizni baxtli odamga aylantiradigan narsalarga sarflashingiz mumkin.

- jamgʻarma. Har oylik daromadingizning 20 foizini jamgʻarish kerak. Eng favqulodda vaziyatlarda ham foydalana olmaydigan hisoblarga ega boʻlish lozim.

2. Fikrlash qashshoqligidan qochish. Bu juda qimmat, buni xarid qilolmayman kabi gaplarni hech qachon aytmang. Agar dunyodagi barcha tovar va xizmatlar arzon boʻlganida odam pulni koʻrish uchun ter toʻkib mehnat qilmasdi. Ishlab topishingiz va qurishingiz mumkin boʻlgan narsalar orzularingizga putur yetkazmaydi. Bularning bari sizning fikringiz mevasi.

3. Batafsil moliyaviy rejani yozish. Byudjetni rejalashtirish faqat biznes va hukumat uchun emas. Mazkur yilda koʻproq pulni saqlab qolishga harakat qilishning oʻzi yetarli emas. Aniq maqsadlar va ularga erishish uchun batafsil rejalar tuzish lozim. Masalan, agar kelasi yili Ispaniyaga borishni istasangiz, sayohat qanchaga tushishini hisoblab chiqish lozim. Oylik daromadingizga nazar solish va undan zaruriy xarajatlarni ayirib tashlash kerak. Ana oʻshanda har oy qancha tejashingiz kerakligi va maqsad necha oyga belgilanishini koʻrasiz. Millioner Timoti Sayks bu kabi maqsadlar vaqtimizni nimaga sarflayotganimizni koʻrish imkonini beradi deb hisoblaydi.

4. 100 qoidasiga amal qilish. Mazkur qoida yil davomida istalgan harakatni yuz marta bajarishni anglatadi. Masalan, yuzta nutq, yuzta maqola, yuzta mashgʻulot boʻlishi mumkin. Ushbu qoida sizni istalgan ishda tajribali insonga aylantiradi. Sizga ishtiyoq beradi va tartibli boʻlishda yordam beradi. Tamoyil har qanday ishda yordam beradi, shuning uchun amaliyot va qatʼiyatgina muvaffaqiyatga olib boradi.

5. Har doim B rejasi mavjud boʻlishi lozim. Bugun doimiy kirimga ega orzuingizdagi ishingiz boʻlishi mumkin, biroq ertaga nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Agar himoya yostigʻiga ega boʻlsangiz, oʻzingizda mavjud koʻnikmalar va ularni rivojlantirish borasida oʻylash lozim. Boʻsh vaqtda professional tarmoqni rivojlantirish, odamlar bilan muloqot qilish kerak.

6. Ulgurji xarid. Xaridning bu turi pulning katta qismini tejaydi, biroq bu hech qachon aynimaydigan mahsulotlarga tegishli. Kuponlardan foydalanish, gadjetning sotuvda qulay narxda paydo boʻlishini kutish yoki turli sotuvchilardagi narxlarni taqqoslashga uyalmang. Axir mayda pul yirigini tejaydi.

7. Ishlab chiqaruvchining oʻzidan xarid qiling. Biror narsani doʻkondan xarid qilishdan avval oʻzingizdan dallolsiz sotib olish mumkinligi haqida soʻrang. Ishlab chiqaruvchining oʻzidan xarid qilish va mahsulotlarni arzonga olish imkoniyatidan hayratga tushasiz. Doʻstlaringiz va ularning oilalari bilan birgalashib buyurtmaning minimal hajmini qoʻlga kiritishingiz mumkin.

8. “Pastroq” yashash. Koʻpchilikning eng katta muammosi ishlab topganidan koʻra koʻproq sarflashdir. Ular qoʻshnilari yoki doʻstlari bilan birga boʻlish, ularda taassurot uygʻotish maqsadida obroʻli tumandan yaxshi uy sotib olishadi. Grant Kordon millionerga aylanganida Toyota Camry haydaganini tan oladi. U korxonalari barqaror va doimiy daromad oqimini olib kelmagunicha hashamatli soatlar va avtomobil xaridini ortga surganini aytgan. Topganingizdan koʻra kamroq pulga yashash hayot xursandchiliklariga “yoʻq” deyish degani emas. Biroz ijodkorlik xislatini ishga solishingiz kerak. Kechani uyda oʻtkazish sababi biror yerga borishga qaraganda qiziqroq boʻlishi mumkin. Smartfonning yangi modelini xarid qilishga shoshilmasangiz ham boʻladi, chunki oʻzingizning telefoningiz zoʻr ishlaydi.

9. Passiv daromad ishlab topishni boshlash. Koʻp vaqtingizni ishda oʻtkazayotgan boʻlsangiz, badavlat kishiga aylanib boʻlmaydi, albatta koʻpchiligimiz aynan shunday yoʻl tutamiz. Bu yoʻl va bizning vaqtimiz pulimizga teng boʻladi. Biroq koʻpchilik millionerlar uchun bu batamom turlicha tushunchalar. Ular vaqtlarini ishda oʻtkazish pul ishlashmaydi. Ularning vaqti puldan qimmatroq. Shuning uchun ham passiv kirimga ega boʻlish juda muhim. Buni amalga oshirish usullaridan biri investitsiyalar. Biznes-magnat Uorren Baffet sohaga sarmoya kiritishni tavsiya qiladi. Agar moliya boʻyicha tajribaga ega boʻlmasangiz, barcha xatar va imkoniyatlar haqida maʼlumot olish uchun mutaxassisga murojaat qiling.

10. Oʻzingizni muvaffaqiyatli kishilar bilan qurshab oling. Chunki atrofimizdagilar hayotimiz va fikrlash tarziga kuchli taʼsir oʻtkazishadi. Agar isteʼdodli kishilar bilan yaxshi chiqishsangiz va ular ham sizning fikrlaringizni qoʻllab-quvvatlashsa, ijodkorona gʻoyalar yaratish va ularni hayotga tatbiq qilish oson kechadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Millionerlardan 10 ta maslahat: moliyaviy odatlarni sogʻlomlashtirish