Amerika Milliy uyqu fondining ma’lumotiga ko‘ra, inson bir kunda 8-10 soat uxlash kerak. Shunga qaramay hamma ham bu normada uxlay olmaydi va bunga turli omillar, xususan, uyqusizlik sabab bo‘ladi.
Elle nashri xayolan qo‘zichoqlarni sanab chiqib ham uyqusini topa olmaydiganlar uchun Amerika harbiylari qo‘llaydigan usuldan foydalanishni tavsiya qiladi. Ta’kidlanishicha, mazkur usul 120 soniyada uyquga ketishga yordam beradi va uch haftalik amaliyotdan so‘ng 96 foiz muvaffaqiyat kafolati mavjud.
Foto: Elle
Ushbu ko‘rsatma haqida ilk bor 1981 yilda «Relax and Win: Championship Performance» kitobida yozilgan. Usul ikki bosqichni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqich:
Miyangizdan har xil xayollarni chiqarib tashlab, ongingizni «tozalang». Kitobda yozilishicha, bunga 1,5 daqiqa atrofida vaqt sarflanishi kerak. Buning uchun mushaklarni erkin qo‘ying, keyin esa yelkalarni maksimal pastga tushiring va qo‘llaringizni yengil his qiling. Chuqur nafas oling va o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. Shu tariqa oyoqlarni, umuman, tanangizning barcha qismlarini bo‘sh qo‘ying.
Ikkinchi bosqich — quyidagi obrazlardan birini tasavvur qiling:
- siz moviy osmon ostida, sokin dengizda mavjlanayotgan qayiq ustida ko‘kka termilib yotibsiz;
- qora xonadagi qora baxmal belanchakka yanoqlaringizni qo‘ygansiz;
- 10 soniya davomida o‘zingizga «o‘ylama, o‘ylama, o‘ylama», deb takrorlaysiz va uxlab qolasiz.
Foto: Daily Star
Lloyd Uinterning fikricha, ushbu usul 96 % odamga ta’sir qiladi. Agar siz qolgan 4 % toifaga kirsangiz, Milliy uyqu fondi quyidagicha yo‘l tutishni tavsiya qiladi:
- uxlash va uyg‘onish uchun bitta aniq vaqtni belgilash;
- yotoqxonani salqin, tinch va qorong‘i bo‘lishini ta’minlash;
- Tunda tarkibida kofein bor mahsulot iste’mol qilmaslik;
- uxlashdan bir necha soat avval sport bilan shug‘ullanmaslik va ovqat yemaslik;
- asosiysi — smartfonni ko‘zdan uzoqroq qo‘yishni.
Uyquning to‘liq bo‘lmasligidan odam nafaqat asabiy bo‘lib qoladi, balki salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Shuningdek, diqqatni jamlay olmaslikka ham olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi