09:13 / 17.07.2020
4 112

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorining foydali va zararli xususiyatlari

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorining foydali va zararli xususiyatlari
Foto: Harper’s Bazaar
Yoz kunlarida ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorini butkul foydali yoki zararli mahsulotlar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Antioksidantlarga boyligi bilan ahamiyatli ammo, kraxmal borligi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ushbu mahsulot haqida ma’lumotga ega bo‘lish foydadan holi emas.

Foydali xususiyatlari
Jo‘xori organizm hujayralarining himoya qilish, zararlanishdan saqlash xususiyatiga ega antioksidant — karotinoidning manbasi hisoblanadi. Karotinoid ko‘z salomatligini saqlash, katarakta kasalligi xavfini oldini olish xususiyatiga ega. Shuningdek ushbu mahsulot, yallig‘lanish hamda erta qarishga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Jo‘xori tarkibidagi faol moddalar, hazm jarayonini yaxshilaydi, oshqozon-ichak salomatligida ahamiyatli hisoblanadi.

Nima uchun jo‘xorini ko‘​p iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi?
Jo‘xori kraxmalli sabzavotlar qatoriga kirgani bois ham uni iste’mol qilib vazn tashlashga umid qilish kerak emas. Kraxmal — polisaxarid hazm jarayonida, salomatlikda muammolar kuzatilishi va vazn to‘planishiga sababchi bo‘luvchi glyukozaga aylanadi. Bundan tashqari, jo‘xorida vitamin va minerallarni organizmga singishiga qarshilik qiladigan antinutrientlar bo‘ladi. Jo‘xori donachalari magniy, rux va marganetsga boy bo‘ladi, lekin ta’kidlangan fitina kislotasi (antinutrient) sabab organizmga deyarli so‘rilmaydi.

Jo‘xoridan butkul voz kechish emas, uzoq vaqt oralig‘ida kam miqdordan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorining foydali va zararli xususiyatlari