15:10 / 03.09.2020
4 708

Sochga erta oq tushishining sabablari va yechimi

Sochga erta oq tushishining sabablari va yechimi
Foto: Marie Claire
Avvaliga 40 yoshdan o‘tgan ayollar sochi oqargan bo‘lsa bugunga kelib 20 yashar qiz sochiga oq oralaganining guvohi bo‘lishi mumkin. John Frieda brendi koloristlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, hali 30 ga kirmagan 32 foiz britaniyalik ayolning sochiga erta oq tushgani aniqlangan. Marie Claire ayollar jurnali sochga erta oq tushishi sabablari bilan bo‘lishadi.

Soch oqarishining sababi nimada?
Sochning tabiiy rangi hujayralar ishlab chiqaradigan pigment, ya’ni soch ildizidagi melaninga bog‘liq bo‘ladi. Hujayralarning faoliyati susayganidan keyin esa soch rangi intensivligi yo‘qoladi. Shifokorlarning ta’kidlashiga qaraganda, sochga oq tushishi aniq bir yosh bilan emas, gen va stressni boshdan kechirish, shuningdek, irqiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Tibbiy kuzatishlarda aniqlanishicha, eng erta, kavkaz xalqlarida — 30 yoshda sochga oq oralaydi. Osiyoliklarda 40 ga yaqin, afroamerikaliklarda 40 dan keyin soch oqaradi. Slavyan xalqlari esa indivudalligi bilan farq qiladi.

Sochga oq tushishining boshqa sababi — kasallangan sochlar
Ba’zan sochlarning oqarishi nafaqat organizmga balki sochlar «o‘zini qanday his qilishi» bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ekologiyaning yomonlashishi, turli soch turmaklari, soch tolasi va bosh terisi uchun parvarishning yo‘qligi bunda asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, quyidagilar ham ta’sir qiladi:
- parvarish va kundalik vositalarning to‘g‘ri tanlanmasligi;
- bosh terisini sovun, shampun yoki boshqa vositalardan keyin yetarli darajada yaxshilab tozalanmasligi;
- sochni bo‘yash, turli «zakolka»lar bilan sochni yig‘ish, tarash orqali soch tolalariga zarar yetkazish mumkin. Buning oqibatida esa soch o‘sishi va ahvoliga javob beradigan follikulalar zararlanib o‘z funksiyasini bajarmay qo‘yishi mumkin.

Erta oq tushishining oldini olish uchun nimalarga rioya etish kerak bo‘ladi?

Chekishni tashlash kerak
Chekadigan odamlarning sochiga chekmaydiganlarga nisbatan to‘rt marta tez oq tushishi tadqiqotlarda aniqlangan.

B 12 vitaminini qabul qilish kerak
Organizmda ushbu vitaminning yetishmasligi, soch hujayralarida melanin ishlab chiqarilish jarayoniga ta’sir qilishi, shuningdek, to‘xtatishi allaqachon aniqlangan.

Sochni oziqlantirish
Niqob va soch uchun mo‘ljallangan zardoblardan foydalanish mumkin. Haftasiga kamida 1 marta oziqlantiruvchi niqob, 2-3 marta namlantiradigan zardob surtish yaxshi samara beradi.

Sochni holi qo‘yish
Qisadigan, soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan «zakolka» va boshqa aksessuarlar bilan sochingizga zarar yetkazishingiz mumkin. Ushbu detallar bosh terisi zararlanishi bu esa o‘z navbatida erta soch oqarishiga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochga erta oq tushishining sabablari va yechimi