Olimlar vaqtning tez o‘tishi sababini qayta o‘rganmoqda

Ko‘pchilik insonlar yosh ulg‘aygan sari vaqt avvalgidan tezroq o‘tayotgandek tuyulishini sezadi.
Uzoq yillar davomida bu holat kundalik hayotning bir xil tus olishi bilan izohlab kelingan. Mutaxassislar fikricha, kunlar bir-biriga o‘xshab ketganda miya kamroq noyob xotiralarni saqlab qoladi.
Shu sababli inson o‘tgan davrga nazar tashlaganda, bu vaqt aslida bo‘lganidan qisqaroqdek ko‘rinadi.
Yana bir nazariyaga ko‘ra, agar inson o‘z hayotida shaxsiy o‘sish va rivojlanishni his qilmasa, o‘tgan davrni «yo‘qotilgan vaqt» sifatida qabul qiladi.
Natijada vaqt juda tez o‘tib ketgandek taassurot paydo bo‘ladi.
Biroq so‘nggi ilmiy tadqiqotlar mazkur ikki tushuntirishni ham shubha ostiga qo‘ymoqda.
Olimlar vaqtni qabul qilish mexanizmi avval o‘ylanganidan ancha murakkab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Mazkur yo‘nalishdagi izlanishlar inson miyasi vaqtni qanday qabul qilishi haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…