Afsonaviy rus xonandasi Alla Pugachyova sahnani tark etdimi? Vakili xabarlarga izoh berdi

Afsonaviy rus xonandasi Alla Pugachyova sahnani tark etdimi? Vakili xabarlarga izoh berdi

Alla Pugachyovaning vakili Yelena Chuprakova xonanda yurak operatsiyasini o‘tkazgani va ijodiy faoliyatini yakunlagani haqida tarqalgan xabarlarni tasdiqlamadi.

U RIA Novosti agentligiga bergan izohida bu mavzuda hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi.

"Yo‘q, menda bunday ma’lumot yo‘q. Bu haqda xabardor emasman", dedi Chuprakova xonandaning salomatligi va sahnadan ketgani haqidagi savolga javob berar ekan.

Avvalroq Mash telegram kanali Pugachyova go‘yo ikki marta yurak operatsiyasini boshdan kechirgani, keyin esa sog‘lig‘i sabab barcha chiqishlarini bekor qilib, ijodiy faoliyatini tugatgani haqida yozgan edi.

Alla Pugachyova 2022 yil oktyabrida farzandlari bilan Isroilga ko‘chib ketgan. 2023 yil noyabrida u qisqa muddatga Rossiyaga qaytib, shaxsiy foydalanish uchun uchta qo‘shiq yozganidan keyin yana mamlakatni tark etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar