Singapurda bolani ruchka bilan jarohatlagan tarbiyachi 18 oyga qamaldi

1 daqiqa o'qish109
Singapurda bolani ruchka bilan jarohatlagan tarbiyachi 18 oyga qamaldi

Singapurdagi maxsus dastur asosida ishlaydigan bog‘chalardan birida alohida ehtiyojli bolaga nisbatan kuch ishlatgan tarbiyachi 18 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Sud qaroriga ko‘ra, u bundan keyin pedagogik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.

Jabrlanuvchi autizm, diqqat yetishmasligi va o‘ta harakatchanlik sindromi, shuningdek, nutq rivojlanishida kechikish tashxisi qo‘yilgan 6 yoshli bola bo‘lgan. Mashg‘ulotlardan birida uning xulqidan jahli chiqqan tarbiyachi ruchka bilan bolaning boshiga bir necha bor urgan.

Keyin ayol ota-onaga bola o‘z o‘yinchog‘idan jarohat olganini aytgan. Ammo ota-ona kuzatuv kamerasi yozuvlarini talab qilgach, voqeaning asl holati ma’lum bo‘lgan.

Himoya tomoni tarbiyachining oilaviy muammolar va stressda bo‘lganini vaj sifatida keltirdi. Sud esa bu holatni jazoni yengillashtirish uchun yetarli deb topmadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?