Makronning yangi qiyofasi Filipponing achchiq haziliga nishon bo‘ldi

Makronning yangi qiyofasi Filipponing achchiq haziliga nishon bo‘ldi

Emmanuel Makronning Davosda qora ko‘zoynakda sahnaga chiqishi Fransiyada keng muhokama qilindi. Prezidentning yangi ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda hazillar va qiyoslarga sabab bo‘ldi.

"Vatanparvarlar" partiyasi rahbari Florian Filippo ham bu holatni e’tiborsiz qoldirmadi. U Makronning obrazini masxara qilib, prezident tashqi ko‘rinishi orqali o‘zini boshqacha ko‘rsatishga urinayotganini ta’kidladi.

Yelisey saroyi esa Makron ko‘z muammosi sabab qora ko‘zoynak taqqanini ma’lum qilgan. Rasmiy izohga qaramay, uning qiyofasi tarmoqlarda "Top Gan" uslubi sifatida muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar