21:30 / 10.11.2021
2 554

Piyozni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rashning 8 usuli

Piyozni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rashning 8 usuli
Foto: Pinterest
Bu holat umrida bir marta bo‘lsa ham piyoz to‘g‘ragan har bir kishiga tanish. Shuning uchun quyida keltirilgan samarali usullarni sinab ko‘rish orqali piyozlarni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rab ko‘ring.

Nima uchun piyoz to‘g‘rash jarayonida ko‘zlar yoshlanadi?
Bu sabzavot tarkibidagi moddalar bilan bog‘liq. Piyoz to‘g‘ralganda havoga LFS – Tear Factor Synthase deb ataladigan ferment chiqariladi. U sabzavot tarkibidagi aminokislotalarning sulfoksidlarini sulfat kislotaga aylantiradi, bu esa o‘z navbatida parchalanib, boshqa murakkab kimyoviy birikmani chiqaradi. Bu yosh bezlariga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi.

Piyozni olov yonida to‘g‘rang
Bu yonib turgan sham yoki gaz ham bo‘lishi mumkin. Asosiysi, olov tufayli issiqlik chiqib turadi. Bu LFS fermenti konsentratsiyasini ko‘z yosh bezlariga yetib borishini kamaytirishga yordam beradi.

Suv ichida piyoz to‘g‘rang
Sabzavotni chuqur idishga solib, yuzasi qoplanguncha sovuq suv quyiladi. So‘ngra piyoz suv ichida to‘g‘raladi, bu ko‘zlar yoshlanmasligiga yordam beradi.

Mikroto‘lqinli pechdan foydalaning
Piyoz o‘rta darajada 25-30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi. Sabzavotni uzoqroq vaqtga qo‘yib bo‘lmaydi, chunki u pishib qoladi. Elektromagnit to‘lqinlar sabzavot tarkibidagi moddalarning xususiyatini qisman kamaytiradi.

Piyozni sovitib to‘g‘rang
Tozalanmagan piyoz 10-15 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘yiladi. Keyin uning harorati tushib ketmasidan oldin tezda to‘g‘rab olinadi. Ammo muzlatilgan sabzavotdan qobiqni olib tashlash biroz qiyin bo‘lsa-da, ko‘zlar yoshlanmaydi.

To‘g‘rash jarayonida ko‘zoynak taqing
LFS fermentini bartaraf etish uchun ko‘zoynak yoki suzishda taqiladigan niqobdan foydalanish mumkin. Albatta, bu holat qulay emas, lekin ko‘zlar yoshlanmasligi uchun yordam beradi.

Piyoz to‘g‘raganda saqich chaynang
Ajablanarlisi shundaki, yalpizli saqich ko‘zlar yoshlanishining oldini olishda yordam beradi. Saqich chaynalganda, asosan og‘iz orqali nafas olinadi, ya’ni yosh bezlariga ta’sir qiladigan moddalarning «maqsadiga» yetib borishi qiyinlashadi.

Piyoz to‘g‘raganda bir stakan qaynoq suv qo‘ying
Suv bug‘i himoya to‘sig‘ini yaratishga yordam beradi va havodagi yoshlantirish xususiyatini beruvchi moddalar konsentratsiyasini kamaytiradi. Albatta, bu usul yordamida achishish hissini butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi, ammo ko‘z yoshlanishi sezilarli darajada kamayadi.

Piyozni suvda qoldiring
Piyozni to‘g‘rashda LFS fermenti konsentratsiyasini kamaytirishning yana bir samarali usuli sabzavotni 5-10 daqiqa davomida sovuq suvda qoldirishdir. Bu vaqt ichida yoshlantiruvchi moddalarning bir qismi suvga chiqariladi va sabzavotni ko‘z yoshlarisiz to‘g‘rash mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Piyozni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rashning 8 usuli