date

Qaysi hududlarda savdo xizmatlari eng yuqori bo‘lgani ma’lum qilindi

Qaysi hududlarda savdo xizmatlari eng yuqori bo‘lgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda savdo xizmatlari hajmi 75,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,4 foizga yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, poytaxtda uch oy davomida 28,4 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 6,7 trillion so‘m, Farg‘ona viloyati — 5,8 trillion so‘m va Samarqand viloyati — 5,6 trillion so‘m bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Namangan viloyatida 4,2 trillion so‘m, Andijonda 4 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida bo‘lib, u yerda savdo xizmatlari hajmi 945,7 milliard so‘mni tashkil etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qaysi hududlarda savdo xizmatlari eng yuqori bo‘lgani ma’lum qilindi