date

Oq xaker 2016-yilgi nosoz smart-kontraktdan 2 million dollar mablag‘ni qaytardi

Oq xaker 2016-yilgi nosoz smart-kontraktdan 2 million dollar mablag‘ni qaytardi

“0xflorent” taxallusi bilan tanilgan oq xaker deyarli o‘n yil davomida nosoz smart-kontraktda qolib ketgan 2 million dollarlik Ethereum (ETH) mablag‘larini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Xakerning so‘zlariga ko‘ra, u Hong Coin (HONG) loyihasining ICO jarayonida ishtirok etgan 48 nafar investorgacha tegishli bo‘lgan 1 003 ETH miqdoridagi mablag‘ni blokdan chiqargan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Hong Coin loyihasi 2016-yilda markazlashmagan venchur fondi sifatida ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq loyiha o‘zining moliyaviy maqsadiga erisha olmagani sababli faoliyatini to‘xtatgan. Smart-kontrakt qoidalariga ko‘ra, yig‘ilgan barcha investitsiyalar avtomatik ravishda egalariga qaytarilishi kerak edi, ammo tizimdagi xatolik tufayli mablag‘lar bloklanib qolgan.

Etherscan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda investorlardan biri 96 ETH (taxminan 192 500 dollar) miqdoridagi mablag‘ini qaytarib olgan. 0xflorent loyiha yaratuvchilari bilan hamkorlik qilib, admin funksiyasidagi “integer overflow” zaifligidan foydalangan holda balanslarni qayta tiklash va pulni qaytarish mexanizmini ishga tushirish yo‘lini ko‘rsatib bergan.

Ushbu muvaffaqiyatli operatsiya kripto olamida xavfsizlik va eski kodlardagi xatoliklarni tuzatish muhimligini yana bir bor isbotladi. Avvalroq, may oyida ham ushbu xaker 2018-yildagi muvaffaqiyatsiz loyihalardan biridan 19,33 ETH miqdoridagi mablag‘ni qutqarib qolgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oq xaker 2016-yilgi nosoz smart-kontraktdan 2 million dollar mablag‘ni qaytardi