Shou-biznes vakillarining soliq qarzi 424,9 mln so‘mga yetdi

Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 23 iyun holatida shou-biznes sohasida faoliyat yurituvchi 1 680 nafar shaxs 2025 yilda olgan daromadlari bo‘yicha hisobot topshirgan. Ularning jami daromadi 9 mlrd 33 mln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu mablag‘lardan 879,6 mln so‘m jismoniy shaxslar daromad solig‘i hisoblangan. Daromadlar haqida deklaratsiya taqdim etganlarning asosiy qismini uchinchi reyting guruhiga kiruvchi ijrochilar tashkil qilgan. Ularning soni 1 507 nafar bo‘lib, jami daromadning 6,3 mlrd so‘mdan ortiq qismi aynan shu toifaga to‘g‘ri kelgan.
Shunga qaramay, 938 nafar san’atkorning budjet oldida qarzi borligi aniqlangan. Ularning umumiy soliq qarzi 424,9 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Majburiy to‘lov muddati 2026 yil 1 iyunda yakunlangan. Endi soliq organlari qarzdorlikni majburiy undirish choralarini qo‘llashi mumkin.
Shuningdek, deklaratsiya topshirmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumot kiritgan shaxslar uchun soliq majburiyatlarini soliq idoralarining o‘zi hisoblab chiqish huquqi berilgan.


























Izohlar 0
…