00:24 / 18.05.2024
400

O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda

O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Hozirda maktabning 11-sinfini tamomlayotgan Ozodaxon Muminova Swift Launch biznes inkubatsion va akselleratsion dasturida loyiha rahbari bo‘lib faoliyat olib boradi. Bundan avval 2 ta chet el kompaniyasida masofadan turib loyiha menejeri bo‘lishga ham ulgurgan.

Ozodaxon IT Park tomonidan o‘tkazilgan xakatonlarda faol ishtirok etib kelgan. 2022 yilda esa xalqaro The New York Academy of Sciences xakatonida turli davlatlardan yig‘ilgan jamoasi bilan Idea Creation yo‘nalishidan birinchi o‘rinni olib, ilk 5000 dollar investitsiyasini qo‘lga kiritgan.

Ozodaxon jamoasi bilan birinchi olgan investitsiyasini ekologiya muhofazasi bo‘yicha yaratgan loyihasini Hindistondagi laboratoriyada sinab, Massachusetts Institute of Technology (MIT) va boshqa dunyo bo‘yicha top-10 ga kiruvchi xalqaro universitetlarning oliy toifali olimlaridan darslar olishga va laboratoriya uchun ba’zi kerakli narsalarni xarid qilishga sarflagan. Hozirda Ozodaxon ushbu izlanishlarni yanada shaffof bo‘lishi uchun Buyuk Britaniyadagi Kembrij olimlariga ham murojaat qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va O‘rta Osiyodan birinchi bo‘lib Global Citizen Year Xalqaro top-100 talikka kiruvchi dasturida qatnashgan va Misrdagi Global Justice Summit uchun 100 foiz grant 7000 dollar sohibasi bo‘lgan.

Ozodaxon 2023 yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Osiyo masshtabidagi “Osiyo olimlari kolba” loyihasida O‘zbekiston nomidan qatnashgan va “Chegarasiz fan” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan. Hozirda Ozodaxon Women in Nuclear'ning dunyo bo‘yicha eng yosh olimasi bo‘lib, dasturning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib faoliyat olib boradi.

Shuningdek, Ozodaxon o‘tgan yil UNDP hamkorligidagi bo‘lib o‘tgan Startupweyekend Women Edition xakatonda 3-o‘rinni egallab, loyiha orqali Amerikadagi Uzbek Diaspora jamoasi bilan ishlagan.

Bundan tashqari, u Google kompaniyasi Google Community'sining Google Developers Tashkent jamoasi a’zosi bo‘lib, Women TechMakers elchisi sifatida bugun qizlarni ITga kirib kelishiga yordam berib kelmoqda.

Ozodaxon 20 dan ortiq xakaton va dasturlarda asosiy tashkilotchilardan bo‘lib, turli xil xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan aloqalar o‘rnatib kelmoqda.

IT sohasiga qiziqish Ozodada 15 yoshdan boshlagan, dastlab IT Park'da turli xil event va dasturlarda volontyorlik qilgan. WeProject.media jurnaliga ham u shu haqida intervyu bergan.

"Frontend yo‘nalishida 1 yil o‘qib, loyihalarda masofadan ishlashni boshladim. Bundan tashqari, Agile va Scrum bo‘yicha ta’lim oldim. Bu bilimlarim menga chet eldagi 2 ta kompaniyada masofadan turib 2 yil mobaynida ishlab ko‘rishda yordam berdi. Bugun IT hayot tarzimga aylangan. Bugun yo‘lini topishda qiynalayotgan qizlarga hech ikkilanmay shu sohada o‘qishni maslahat beraman. Sababi IT aynan qizlar uchun keng imkoniyatlarga ega soha”, — deydi u.

Yaqinda Ozodaning Moskva shahrida bergan intervyusi “Perspektiva pokoleniye poiska”, “Moskovskiy vestnik” nashrlarida chop etilgan.

Ozodaxon bu yil maktabni tamomlab Stenford universitetiga o‘qishga kirishni maqsad qilgan. Ozodaxon dunyodagi eng top olimlar safidan joy olib, fanni IT bilan birlashtirib, yangiliklar qilishni, shuningdek, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarish niyati borligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda