Bizning davrimizga kelib yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va bolalarning huquqbuzarligi to‘g‘risida ko‘p gapirib qolishdi. Kamina ana shunday tarbiyasi og‘ir o‘smir haqida gapirib bermoqchiman. Uning kuch-quvvati kerakli tomonga yo‘naltirilgan edi. Bu kichik yoshdagi huquqbuzar bola mening o‘zim edim.
Otam qattiqqo‘l kishi edi. Biz ikki o‘g‘il bo‘lib, shulardan kattasi men edim. O‘ta qaysar bo‘lganim bois, otamning tarbiya o‘lchovlariga mutlaqo bo‘ysunmasdim. Onamiz bir necha yil muqaddam vafot etgan edi.
Menga o‘qotar qurollar yoqardi. Shuningdek, ikkita to‘pponchani daraxtlarning kavagiga yashirib qo‘ygan edim. Bu daraxtlar o‘zimizga qarashli yerda, Virginiyaning janubi-g‘arbiy tog‘lari oralig‘idagi yerda o‘sardi. Qo‘shnilarning shikoyatlari shunga olib keldiki, otam to‘pponchalarimni yashirgan joyimdan topib, katta bolg‘a bilan ularni majaqlab tashladi.
Menga musiqa nihoyatda yoqar, banjo (Amerika hindularining torli musiqa asbobi) nomli asbobim bo‘lib, uni yashirincha chalar edim, diniy e’tiqodim ushbu mashg‘ulotni rag‘batlantirishiga yo‘l qo‘ymas edi. U poylab yurib, axiyri banjoni topib oldi va uniyam sindirib tashladi.
Raqsga tushish ham menga man etilgandi. Ba’zan otam uxlab qolganida, otni «qarzga olib turishim»ga to‘g‘ri kelar va qishloqqa raqsga tushish uchun ketardim, xolos. Natijada ko‘pincha jazo sifatida yog‘ochdan qurilgan omborga turishimga to‘g‘ri kelardi. Ammo mening kelishimga bu dahshatdan iborat tobutxona birinchi imkoniyatdan boshlab o‘rnatilgan qoidani buzishga nisbatan bo‘lgan harakatimni faqat mustahkamladi, xolos. Men deyarli barcha jamoat tartiblarini butunlay buzadigan ashaddiy bezori darajasiga yetgan yo‘l boshida turgan edim.
Bu holatdan otamni ikkinchi marta uylanishga qaror qilgani qutqarib qoldi. Bizning tog‘da joylashgan kulbamizga u olib kelgan o‘gay ona chiroyli, olijanob, shu bilan birga tushunadigan ayol edi. Bu ayol menga yangi banjo asbobini sotib olib berdi va, hatto chalishni o‘rgatishda yordam berdi. U buyurtma berdi, shunga ko‘ra, bizga ikkita yap-yangi yaltillab turgan to‘pponcha yuborishdi, biri menga, ikkinchisi unga tegishli edi. Biz juda ko‘p baxtli onlarni birga o‘tkazdik, u meni o‘q otish uchun qo‘shnilarning jo‘ja, tovug‘i va sigiridan boshqa xoli joyni tanlab bergan edi. Meni qiziqtirgan narsalar bilan shug‘ullanishimga imkon berib, shu asnoda ishonchim hamda mehr-muhabbatimni qozonib, kuch-quvvatimni eng yaxshi maqsadlar sari yo‘naltirishga qaror qildi.
Ayol vaqtincha foydalanish uchun yozuv mashinkasini oldi va fikrlarimni qog‘ozda ifodalashga o‘rgata boshladi. Nihoyat uncha katta bo‘lmagan mahalliy gazetaga muxbir bo‘lib ishga joylashishimga yordam berdi. Endi men ortimga qayrilib qarasam, ana shu narsa hayotimdagi hal qiluvchi palla bo‘lib, butun umrimni, keyingi hayotimni belgilab bergan ekan. Mening bunday ulug‘ ayoldan minnatdor bo‘lishimga hayratga tushmay bo‘lar ekanmi?
Ana shundan buyon yosh bolalar huquqbuzarligi bilan bog‘liq muammolarni eshitishimga to‘g‘ri kelsa, hayotiy tajribam meni ular tomonidan turishga majbur etadi. Albatta, o‘smirlar o‘rtasidagi barcha jinoyatlar o‘sha muamolar bilan ro‘y bermaydi. Ammo mening taxmin qilishimcha, ko‘p hollarda aynan juda qat’iy, shafqatsiz qoidalar hamda ularni so‘zsiz bajarishga tazyiq o‘tkazish jinoyatning sababchisi bo‘lishi mumkin va men haddan ziyod ko‘p ota-onalar bolalarning bitmas tuganmas kuch-quvvatini kulfat sari yo‘llashga bahona bo‘layotganini, ammo ularning ajoyib yutuqlarini qo‘lga kiritish uchun yo‘llash oson ekanligini tushunib yetmayaptilar, ana shundan qo‘rqaman.
Befarq hamda yalqov odam, qalbida sarguzashtlarga nisbatan qiziqishi ruhi bo‘lmagan kishi ulug‘ ishlarni amalga oshira olmaydi. Bizning jamiyatimizda ulug‘ mavqeni egallagan kishilar aslida, «sobiq tartibbuzar»lar bo‘lib, erkin ruhiy quvvatga ega va o‘rnatilgan qoidalarni buzishdan qo‘rqmaydi. Yangi yo‘llarni tanlashga urinuvchi kishi uning izidan yursa, ularni karaxtlik uyqusidan uyg‘otadi.
Agar o‘g‘lingiz jasur va tap tortmas bo‘lsa, quvonavering. Unga o‘z kuch-g‘ayrati hayotda muvaffaqiyatga erishishga sarflashga yo‘naltirishiga yordam bering. Ularni man qilmoqchi ekanligini so‘rasa, bunday bolalarni maqtang. Ularga xatolardan qanday qutulishi, undan saboq chiqarishi, noto‘g‘ri yo‘lga kirgan bo‘lsa, tushuntiring va ko‘rsatib bering. Va eng muhimi, qoralashdan ko‘ra, qo‘llab-quvvatlashingiz, mamnunligingizni anglating. Chunki insonga atrofni o‘ragan odamlardan bo‘lgan o‘sha izzat-nafsni o‘z hayoti bilan o‘ziga xos tasdiqlash muhimdir.
(Napoleon Xill kitobidan)
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”