Gurlan tumanida aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

Majburiy ijro byurosi Gurlan tumani bo‘limi tomonidan tuman hokimligi va tuman bandlikga ko‘maklashish markazi hamkorligida voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bunda, asosiy e’tibor oilalarni yarashtirish, aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida undirilishi, qarzdorlikni kamaytirishga qaratilgan.
Joylarda o‘tkazilayotgan turli tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Misol uchun, joriy yilning 5 iyun kuni Byuroning Gurlan tumani binosida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilar taklif etildi.
Mazkur mehnat yarmarkaga Gurlan tumanidagi 8 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida 100 nafardan ortiq ishsiz aliment to‘lovchilar taklif etildi.
O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida jami 6 nafar ishsiz aliment to‘lovchilar korxonalarga ishga yo‘llanma olishdi.





























Izohlar 0
…