Qarzdorlik evaziga “Volkswagen” xatlandi

Qarzdorlik evaziga “Volkswagen” xatlandi

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq, tuman bo‘limi ish yurituviga coliq va boshqa turdagi qarzdorligi bo‘yicha qarzdor “H.Agro” fermer xo‘jaligidan undiruvchi “DSI" foydasiga 344.327,6 ming so‘m soliq va boshqa turdagi qarzdorliklarni undirish haqidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Ijro hujjatlari talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.

Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan solik,dan bo‘lgan qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, Byuroning Toshkent viloyati qidiruv xodimlari tomonidan qidiruvga berilgan “Volkswagen" rusumli avtomashinasi topilib, davlat ijrochisiga keyingi ijro harakatlarini amalga oshirishlik uchun topshirildi va ro‘yxatga olinib, xatlandi.

Endilikda, qarzdor tomonidan qarzdorligi bartaraf etilmasa, avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar