“Moy id” ilovasida virtual “Troika” kartasi paydo boʻldi

Moskva aholisi va mehmonlari endilikda virtual “Troika” transport kartasidan bevosita “Moy id” ilovasi orqali foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Ushbu yangilik poytaxt jamoat transportining barcha turlarida yoʻl haqini smartfon yordamida toʻlash imkonini beradi va plastik kartani oʻzi bilan olib yurish zaruratini yoʻqotadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Moskva shahri Axborot texnologiyalari departamenti xabariga koʻra, yoʻl haqini toʻlash uchun foydalanuvchi qurilma ekraniga kartaning QR-kodini chiqarishi kifoya. Metro, MSK (Moskva markaziy halqasi), MSD (Moskva markaziy diametrlari) va daryo transportida kod turniketdagi skaner orqali oʻqiladi.
Yerusti transportida (avtobus, elektrobust, tramvay) va validatorli MSD stansiyalarida esa aksincha — validator ekranida aks etgan QR-kodni smartfon orqali skanerlash lozim boʻladi. Virtual “Troika” yoʻl haqini tezkor toʻlashni taʼminlaydi va uni plastik karta kabi yoʻqotib qoʻyish yoki uyda unutib qoldirishning iloji yoʻq.
Hozirgi vaqtda “Moy id” ilovasida 20 dan ortiq hujjat va servislar mavjud. Ular shahar xizmatlaridan foydalanish, chegirmalar olish, imtiyozlarni tasdiqlash hamda turli anketalar va arizalarni toʻldirishda qoʻl keladi. Smartfon doimo qoʻl ostida boʻlgani sababli, barcha zaruriy maʼlumotlar raqamli formatda foydalanishga tayyor.





























Izohlar 0
…