Qarshi tumanidagi gaz shoxobchasidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

Qarshi tumanidagi gaz shoxobchasidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

8 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi "Chaman" MFY hududida maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi.

FVBga xabar soat 13:50 da kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari soat 14:02 da voqea joyiga yetib borgan, yong‘in 14:55 da to‘liq o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 ta avtomobil va 2 ta yer osti yoqilg‘i saqlash rezervuari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 5 nafar kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Prezident topshirig‘iga asosan, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, portlash sabablarini o‘rganish va oqibatlarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar