7 yanvardan yo‘l harakati jarimalari bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi

1 daqiqa o'qish0
7 yanvardan yo‘l harakati jarimalari bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2027 yil 7 yanvardan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalarni undirish va rasmiylashtirishning yangi tartibi kuchga kiradi.
  • Jarimalar 60 kun ichida to‘lanmagan taqdirda, inspektor qo‘shimcha bayonnoma tuzmasdan avtomobilni jarima maydonchasiga joylashtirish huquqiga ega bo‘ladi.

2027 yil 7 yanvardan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan jarimalarni undirish tartibi o‘zgaradi. Jarima 60 kun ichida to‘lanmasa, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin. Buning uchun inspektordan qo‘shimcha ma’muriy bayonnoma tuzish talab qilinmaydi. Haydovchi qarzini to‘xtatilgan joyida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma tasdiqlangan. U 2011 yildan buyon amal qilib kelgan tartibni almashtiradi.

Huquqbuzarlik qayd etilganidan keyin inspektor bayonnomani planshetdagi «Ma’muriy amaliyot» moduli orqali tuzadi. Haydovchining shaxsi biometrik ma’lumotlar yordamida tekshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat elektron imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlanadi.

Ayrim vaziyatlarda bayonnoma qog‘ozda rasmiylashtirilishi mumkin. Masalan, haydovchi o‘z aybini inkor etsa yoki aloqa tarmog‘i ishlamasa. Inspektorning jarimani joyida pul shaklida qabul qilishi taqiqlanadi.

Ma’muriy ish 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi kerak. Haydovchiga ish ko‘riladigan joy va vaqt haqidagi ma’lumot Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti yoki mobil ilova orqali yetkaziladi. Qarordan norozi bo‘lganlar 10 kun ichida shikoyat kiritishi mumkin.

Jarimani to‘lash uchun 60 kun muddat belgilangan. Ushbu vaqt ichida to‘lov amalga oshirilmasa, avtomobil haqidagi ma’lumot inspektor planshetida ko‘rinadi. Haydovchi qarzni joyida to‘lamasa, transport vositasi jarima maydonchasiga olib boriladi. Bu jarayonda alohida bayonnoma tuzilmaydi.

Kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi javob beradi. Bunday holatlarda huquqbuzarlikning takroriy sodir etilgani inobatga olinmaydi. Kamera qayd etgan ma’lumotlar maxsus markazga 48 soatdan keyin kelib tushsa, ish yuritish to‘xtatiladi.

Yangi yo‘riqnoma jarima ballarini hisoblash tartibini ham belgilaydi. Ayrim qoidabuzarliklar uchun 2 ballgacha beriladi. Hisoblangan ballar bir yil o‘tgach bekor qilinadi. Bir yil ichida 12 balldan ko‘p to‘plagan haydovchining ishi avtomatik tarzda sudga yuboriladi.

Qoidalar 2027 yil 7 yanvardan amal qila boshlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?