Xorazmda qidiruvga berilgan 15 yoshli qiz Toshkentdan topildi

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida bedarak yo‘qolgan 15 yoshli qiz Toshkent shahridan sog‘-salomat topildi. Bu haqda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qidiruv xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2011 yilda tug‘ilgan Q.G. Xonqa tumani Nurafshon mahallasidagi uyidan chiqib ketganidan so‘ng uning qayerdaligi noma’lum bo‘lib qolgan. Shundan keyin u bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida qidiruvga berilgan va jamoatchilikka murojaat qilingan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida tuman IIB xodimlari voyaga yetmagan qizni Toshkent shahridan topishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda uni oila a’zolariga topshirish choralari ko‘rilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari qidiruv ishlariga ko‘maklashgan va ma’lumotlarni tarqatishda faol qatnashgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan.































Izohlar 0
…