Surxondaryolik 11 sinf o‘quvchisi bir vaqtning o‘zida AQSHning 7 ta universitetidan taklif oldi

Surxondaryolik 11 sinf o‘quvchisi bir vaqtning o‘zida AQSHning 7 ta universitetidan taklif oldi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ashurova Shirin AQSHning yettita universitetida tahsil olish uchun taklif oldi.

Yosh o‘quvchining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, izlanishlari va tinimsiz mehnati unga xalqaro miqyosda ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Shirinning turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi universitetlardan taklif olgani uning kelajakdagi kasbiy maqsadlari sari tashlayotgan muhim qadamlaridan biridir.

U quyidagi universitetlardan tahsil olish taklifini olgan:

Embry-Riddle Aeronautical University — aerokosmik muhandislik;

Hollins University — matematika va fizika;

Lewis University — kompyuter muhandisligi;

Syracuse University — aerokosmik muhandislik;

University of Connecticut — muhandislik va fizika;

University of South Dakota — biotibbiyot muhandisligi;

Winona State University — umumiy muhandislik.

Bir vaqtning o‘zida yettita universitetdan taklif olish Shirinning bilimga intilishi va maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilayotganini namoyon etadi. Uning yutug‘i yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish va o‘z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etish borasida ibratli misol bo‘la oladi.

Ashurova Shirinni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz! Unga kelgusi ta’lim yo‘lida omad, munosib tanlov va yangi marralarni zabt etishini tilaymiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar