Toshkentda Nexia-3 daraxtga urilib, uch kishi halok bo‘ldi

16 noyabr kuni tongda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Nexia-3 rusumli avtomobil daraxtga borib urilishi oqibatida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 04:50 larda Bunyodkor shoh ko‘chasida yuz bergan. 2008 yilda tug‘ilgan T.A. boshqaruvidagi Nexia-3 haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga avtomobilning rul boshqaruv tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Zarba oqibatida mashina jiddiy shikastlangan.
Hodisa natijasida haydovchi va uning ikki nafar yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi tegishli qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda voqea sabablarini aniqlash bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…