Jizzaxda o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchini kaltaklab jiddiy jarohat yetkazdi

1 daqiqa o'qish2
Jizzaxda o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchini kaltaklab jiddiy jarohat yetkazdi

Jizzax viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchisiga nisbatan kuch ishlatib, uning boshidan jarohatladi. Hodisa Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, pedagog o‘quvchining boshiga ko‘rsatkich tayoqcha bilan urgan. Holat yuzasidan viloyat Ta’lim va ilm-fan boshqarmasi rasmiy munosabat bildirgan.

Voqeadan so‘ng o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shu kunning o‘zida bekor qilingan. Shuningdek, maktab direktoriga nisbatan ham intizomiy chora ko‘rilib, uning o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima belgilangan.

Boshqarma ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish muhim vazifa ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bolalarga nisbatan har qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi, bunday holatlar qat’iy qoralanishi qayd etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?