AQSHda 24 soat tuproq ostida qolgan 11 oylik chaqaloq tirik topildi

1 daqiqa o'qish6
AQSHda 24 soat tuproq ostida qolgan 11 oylik chaqaloq tirik topildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Janubiy Karolina shtatida 24 soat davomida o‘rmon hududida tuproq ostiga ko‘milgan 11 oylik Koa Sharp ismli chaqaloq tirik holda topildi.
  • Bola sochiqqa o‘ralgan va itlar uchun mo‘ljallangan qafas ichida bo‘lgani sababli, unda hosil bo‘lgan havo bo‘shlig‘i omon qolishiga yordam bergan.
  • Chaqaloqni o‘g‘irlab ketganlikda gumon qilingan otasi Maykl Komer 9 noyabr kuni politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

AQSHning Janubiy Karolina shtatida qariyb 24 soat davomida tuproq ostida qolgan 11 oylik chaqaloq tirik holda topildi. U sochiqqa o‘ralgan va itlar uchun mo‘ljallangan qafas ichiga joylashtirilib, o‘rmon hududida ko‘milgan bo‘lgan. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Koa Sharp ismli chaqaloq 9 noyabr kuni yo‘qolgan. U onasining uyida otasi Maykl Komer qaramog‘ida bo‘lgan. Onasi tashqariga chiqqanida, ota bolani olib ketgan. Shundan so‘ng chaqaloq bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilib, politsiya va qutqaruv xizmatlari keng ko‘lamli qidiruv ishlarini boshlagan.

Qidiruvchilar bolani Komerning otasi uyidan taxminan 45 metr uzoqlikdagi o‘rmonzordan topgan. U yerda yaqinda kovlangan tuproq izlari aniqlangan. Qutqaruvchilar yerni kavlay boshlaganida chaqaloqning yig‘isini eshitishgan.

Leksington okrugi sherifi Jey Kun matbuot anjumanida bolaning yig‘isi qidiruvchilar uchun eng quvonchli ovoz bo‘lganini aytdi.

«Biz 11 oylik Koani tirik, hayot uchun kurashayotgan va yig‘layotgan holda topdik. Chaqaloqning yig‘isini eshitishdan ortiq quvonchli ovoz yo‘q», — dedi u.

Sherifning taxminicha, sochiqqa o‘ralgan qafas ichida havo bo‘shlig‘i hosil bo‘lgani bolaning tirik qolishiga yordam bergan bo‘lishi mumkin. Qidiruvchilar uni zudlik bilan shifoxonaga olib borishgan. Shifokorlar chaqaloqning sog‘ayib ketishidan umidvor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning otasi Maykl Komer 9 noyabr kuni kechqurun o‘g‘irlik va politsiya xodimlarining hibsga olish harakatiga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq gumonlar bo‘yicha qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan qo‘shimcha ayblovlar qo‘yish masalasi prokurorlar bilan muhokama qilinmoqda.

Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?