Ona-bola yo‘lini to‘sdi: Cobalt haydovchisi jazoga tortildi

Ona-bola yo‘lini to‘sdi: Cobalt haydovchisi jazoga tortildi
Ona-bola yo‘lini to‘sdi: Cobalt haydovchisi jazoga tortildi
Foto: Viloyat YHXB

Toshkent viloyatida yo‘lakda ketayotgan ona va bolaning yo‘lini to‘sgan Cobalt haydovchisi “prava”sidan ayrildi.

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, mazkur holat Chirchiq shahrida yuz bergan.

Haydovchining shaxsi aniqlanib, unga nisbatan “yo‘l bezoriligi” moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar esa sudga oshirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi mazkur haydovchini 1 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etib, BHMning o‘n baravari — 4 mln 120 ming so‘m miqdorida jarimaga tortdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar