Ozoda Nursaidova ogohlantirdi: soxta videolarga ishonmang (video)

Ozoda Nursaidova ogohlantirdi: soxta videolarga ishonmang (video)

Ozoda Nursaidova o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga muhim murojaat yo‘lladi. Xonanda so‘nggi paytlarda uning nomidan sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan yolg‘on videolar tarqalayotganini ma’lum qildi.

San’atkorning aytishicha, aynan shu sabab unga juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda. Ayrimlar uni turli ko‘z dorilari yoki uy-joy loyihalarini reklama qilganlikda ayblamoqda. Biroq xonanda bunday reklamalar bilan umuman shug‘ullanmasligini qat’iy ta’kidladi.

“Sun’iy intellektda tayyorlangan videolarga ishonmanglar. Men deyarli reklama qilmayman, faqat juda kam holatlarda — o‘zim ishongan mahsulot bo‘lsa, shunda ham rasmiy sahifam orqali e’lon qilaman,” — deya izoh berdi u.

Shuningdek, Ozoda Nursaidova yurtdoshlarimiz aynan shu kabi yolg‘on reklamalarga aldanib qolayotganini afsus bilan qayd etdi. U bunday firibgarliklarda o‘z nomidan foydalanilayotganidan norozi ekanini bildirib, odamlarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

“Kimningdir jinoyatiga sherik bo‘lishni xohlamayman. Agar men biror reklama qilsam, albatta uni Instagram sahifamga joylayman. Agar u yerda yo‘q bo‘lsa, demak men reklama qilmaganman,” — dedi xonanda.

Xonanda yakunda barchani ogohlikka chaqirib, pul va yolg‘on va’dalarga aldanmaslikni tavsiya etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar