Toshkentdagi mashhur Qo‘g‘irchoq teatri rekonstruksiyadan so‘ng ilk tomoshabinlarini qabul qildi

Aprel oyida Saida Mirziyoyeva O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, binoni restavratsiya qilish zarurligi masalasini muhokama qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi va teatr yangilangan qiyofada yana tomoshabinlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
Saida Mirziyoyeva farzandlari bilan birga teatrga tashrif buyurib, yangilangan sahnada namoyish etilayotgan dastlabki spektakllardan birini tomosha qildi.
Teatrda bolalikni yodga soluvchi “Ertaklar shaharchasi”, tarixiy cho‘yan eshiklar, karnay chalayotgan sozandalar kompozitsiyasi hamda mozayikalar asl qiyofasini saqlagan holda qayta tiklandi. Shu bilan birga, bino zamonaviy texnik imkoniyatlar bilan jihozlandi.
Yangilangan teatr endi yana minglab bolalar uchun ertaklar, taassurotlar va unutilmas xotiralar maskaniga aylanishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…