Qibrayda uyatsiz qilmish: ikki yigit qamaldi

Toshkent viloyatida jamoat tartibini buzgan va axloqsiz xatti-harakat sodir etgan ikki nafar yigitga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Holat viloyatning Qibray tumanida qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, Cobalt rusumli avtomobilda harakatlangan shaxslar yo‘l chetida turgan qizga nisbatan noo‘rin va axloqsiz harakatlar qilgan. Ushbu holat e’tibordan chetda qolmay, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tarzda o‘rganib chiqilgan.
Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida avtomobilda bo‘lgan shaxslarning kimligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.
Huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirildi. Sud qaroriga ko‘ra, avtomobil haydovchisi hamda uning sherigiga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mazkur holat jamoat joylarida odob-axloq qoidalariga rioya qilish muhimligini yana bir bor eslatadi.






























Izohlar 0
…