Mirzo Ulug‘bek tumanida 22 iyun kuni elektr vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanidagi ayrim hududlarda 22 iyun kuni soat 10:00 dan 16:30 gacha elektr energiyasi vaqtincha berilmaydi. Ushbu rejali uzilish «Parranda 1, 2» yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kapital ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli amalga oshiriladi. Mazkur chora ehtimoliy avariyalarning oldini olish hamda tarmoqdagi yuklamani barqaror taqsimlash maqsadida bajariladi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 22 iyun kuni ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Rejali uzilish soat 10:00 dan 16:30 gacha davom etishi kutilmoqda.
Elektr ta’minotidagi tanaffus «Parranda 1, 2» yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq. Bu ishlar ehtimoliy avariyalarning oldini olish va tarmoqdagi yuklamani barqaror taqsimlash maqsadida amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi quyidagi hududlarda vaqtincha bo‘lmaydi:
• «Geofizika» mahallasi
• «Alisherobod» mahallasi
• Milliy bog‘ ko‘chasi
• Jo‘shqin ko‘chasi
• Zafar ko‘chasi
• Istiqlol ko‘chasi
• Iqbol ko‘chasi
• Lolazor ko‘chasi
• Xurdiyor ko‘chasi
• Anaybuloq ko‘chasi
• Urug‘chilik ko‘chasi
• Sog‘lom avlod ko‘chasi
• Nihol ko‘chasi
• Bunyodkorlik ko‘chasi
• Farovon hayot ko‘chasi
• Geofizika ko‘chasi
• Xislat ko‘chasi
Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Ishlar belgilangan vaqtdan oldin tugasa, elektr energiyasi ham rejadagidan ertaroq berilishi mumkin.































Izohlar 0
…