Toshkentda Gentra avtomobili daraxtga urildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh ko‘chasida Gentra avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ma'lum bo'lishicha, haydovchi to‘qnashuvning oldini olish maqsadida rulni keskin o‘ng tomonga burgan va boshqaruvni yo'qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Baxtiyorlik bilan, hodisa oqibatida avtomobilga texnik shikast yetgan bo'lsa-da, haydovchi va boshqa fuqarolar tan jarohati olmagan.
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Bunyodkor shoh ko‘chasida Gentra avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi harakatlanayotgan vaqtda oldidan kutilmaganda boshqa avtomobil chiqib qolgan. To‘qnashuvning oldini olish maqsadida u rulni keskin o‘ng tomonga burgan. Biroq avtomobil boshqaruvdan chiqib ketib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Hodisa oqibatida avtomobilga texnik shikast yetgan, biroq haydovchi va boshqa fuqarolar tan jarohati olmagan. Voqea joyiga mas’ul xizmatlar yetib kelib, holatni o‘rgangan.
Ayni paytda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning aniq sabablari va barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.






























Izohlar 0
…