Sirdaryo viloyatida eridan o‘ch olish uchun ikki farzandini bo‘g‘ib o‘ldirgan ayolga qamoq jazosi berildi

Jamiyat1 daqiqa o'qish152
Sirdaryo viloyatida eridan o‘ch olish uchun ikki farzandini bo‘g‘ib o‘ldirgan ayolga qamoq jazosi berildi

Sirdaryo viloyatida eri bilan janjaldan so‘ng ikki nafar voyaga yetmagan farzandining hayotiga zomin bo‘lgan 32 yoshli ayol sud hukmi bilan 13 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Voqea 2024 yil 1 fevral kuni Guliston tumanidagi ijara uyda sodir bo‘lgan. Sud materiallariga ko‘ra, ayol avval 6 yoshli, keyin esa 4 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Keyinchalik jinoyat izlarini yashirish uchun u voqea joyini is gazidan zaharlanish holatiga o‘xshatishga uringan.

Ayol gaz plitasi va suv jo‘mraklarini ochib qo‘ygan. Shuningdek, bolalarni yotqizib, ularning gazdan zaharlanganini ko‘rsatishga harakat qilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi esa bolalar is gazidan emas, bo‘g‘ilish oqibatida vafot etganini aniqlagan. Ayol shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga ham uringan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qolgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi ayolni aybdor deb topdi.

Ma’lumot

Ayolning yoshi 32 yosh

Farzandlari 6 va 4 yosh

Jazo 13 yil 4 oy

Sud qaroriga ko‘ra, ayol belgilangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?