O‘zbekistonda yarim yilda 70 yoshdan oshgan 29 nafar erkak ota bo‘ldi

O‘zbekistonda yarim yilda 70 yoshdan oshgan 29 nafar erkak ota bo‘ldi

2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Bu haqdagi ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasi demografik statistikalarida keltirilgan.

Tug‘ilishlar otalarning yoshiga ko‘ra tahlil qilinganda, eng katta ulush 25–39 yoshdagi erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan — ushbu yosh guruhida 309 182 nafar ota farzandli bo‘lgan.

Shuningdek, dastlabki olti oyda farzandli bo‘lgan otalar yoshiga ko‘ra quyidagicha taqsimlangan:

  • 25 yoshgacha — 34 526 nafar;

  • 40–59 yosh — 29 403 nafar;

  • 60–69 yosh — 249 nafar;

  • 70 yosh va undan katta — 29 nafar.

Shunday qilib, yarim yil davomida mamlakatda 70 yoshdan oshgan 29 nafar erkakning ota bo‘lgani rasmiy statistikada qayd etilgan.

Taqqoslash uchun, 2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 191 086 ta tirik tug‘ilish qayd etilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar