Namangandagi qurilish bozorda yong‘in chiqdi

Namangandagi qurilish bozorda yong‘in chiqdi

Bugun, 18 avgust kuni Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi “Qurilish mollari savdo bozori” hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 13:46 da “112” tizimi orqali “Mingchinor” MFY hududidagi savdo rastalarida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borgan. Yong‘in soat 13:58 da qurshab olingan, 15:58 da esa to‘liq bartaraf etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bozor hududidagi yengil avtomobil ham yong‘in oqibatida to‘liq yonib ketgani aks etgan.

Favqulodda vaziyat oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar