Rolik uchgan yoshlar IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmadi

Rolik uchgan yoshlar IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmadi
Qisqacha

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hududida rolik uchish qoidalarini buzib, IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmagan Yu., S. va A. sud tomonidan jazolandi. Voqea 16 avgust kuni taxminan soat 21:00 da sodir bo'lgan, xodimlar yoshlarni hududda rolik uchish mumkin emasligidan ogohlantirgan. Sud Yu., S. va A.

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hududida rolik uchish qoidalarini buzgan va ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan bir guruh yoshlar sud tomonidan jazolandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yoshlarning IIO xodimlari bilan tortishayotgani va ularning talablariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan. Qayd etilishicha, voqea 16 avgust kuni taxminan soat 21:00 da sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir guruh yoshlar fuqarolar gavjum bo‘lgan markaz hududida rolik uchmoqchi bo‘lgan. Voqea joyiga kelgan IIO xodimlari ularga ushbu hududda rolik uchish mumkin emasligini tushuntirib, tegishli ogohlantirish bergan.

Biroq yoshlar xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar Olmazor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Yu., S. va A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi 1-qismida (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Ularga nisbatan turli ma’muriy jazolar tayinlangan. Xususan, Yu. va S. jarimaga tortilgan bo‘lsa, A. ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.

Hodisadan so‘ng yoshlar qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, jamoatchilikdan uzr so‘ragan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar