Sergelida yangi maktablar va sun’iy ko‘llar quriladi

1 daqiqa o'qish66
Sergelida yangi maktablar va sun’iy ko‘llar quriladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Sergeli tumanida o‘quvchilar yuklamasini kamaytirish uchun yangi tipdagi maktablar qurish, shuningdek, sun’iy ko‘llar va zamonaviy sayilgohlar barpo etish rejalashtirilmoqda.
  • Hozirgi vaqtda tumandagi ayrim maktablarda o‘quvchilar soni belgilangan quvvatdan 1,5–2 barobar ko‘p bo‘lib, yangi loyihaga ko‘ra sport zallari yerto‘lada, oshxona va ustaxonalar pastki qavatda joylashadi.

Sergeli tumanida o‘quvchilar uchun yangi tipdagi maktablar qurish, sun’iy ko‘llar barpo etish va kanallar bo‘yida zamonaviy sayilgohlar tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bu loyihalar maktablardagi yuqori yuklamani kamaytirish va aholi uchun qulay, salqin hamda yashil muhit yaratishga qaratilgan.

Maktablar quvvatidan ikki karra ortiq ishlamoqda

Ayni paytda Sergelidagi ayrim maktablarda o‘quvchilar soni muassasa quvvatidan 1,5–2 barobar ko‘p.

Ushbu muammoni hal qilish maqsadida o‘quvchi o‘rinlari sonini ikki karra oshirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurish taklif etilmoqda.

Yangi loyihaga ko‘ra:

  • sport zali yerto‘lada joylashadi;

  • oshxona va ustaxona pastki qavatdan o‘rin oladi;

  • yuqori qavatlar to‘liq sinf xonalari uchun ajratiladi.

Bu yondashuv cheklangan hududdan samarali foydalanish va bir maktabda ko‘proq bolaning ta’lim olishiga sharoit yaratadi.

«Poytaxt tajribasi» yaratiladi

Joriy yil Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi yondashuvni sinovdan o‘tkazish topshirildi.

Natijalar asosida zamonaviy ta’lim muassasalarini qurish bo‘yicha «poytaxt tajribasi» shakllantiriladi.

Sergelida uchta sun’iy ko‘l barpo etiladi

Toshkentda aholi va sayyohlar uchun salqin mikroiqlim yaratish maqsadida jami 12 ta sun’iy ko‘l tashkil etish ishlari boshlanmoqda.

Ulardan uchtasi Sergeli tumanidagi:

  • Qo‘shqo‘rg‘on;

  • Sultonobod;

  • Farog‘atli mahallalarida barpo etiladi.

Ushbu ko‘llarning umumiy maydoni 22 gektarni tashkil qiladi.

Ko‘llar nafaqat poytaxt iqlimini mo‘tadillashtirish, balki aholining piyoda sayr qilishi va hordiq chiqarishi uchun zamonaviy maskanlarga aylantirilishi belgilandi.

«Jo‘n» kanali bo‘yida sayilgoh ochiladi

Hozirda «Jo‘n» kanalining Sergeli va Yangihayot tumanlaridan o‘tuvchi 5 kilometr qismida betonlashtirish ishlari boshlangan.

Ikki tuman hokimlariga yil yakuniga qadar kanal bo‘yida:

  • zamonaviy sayilgoh;

  • aholi uchun salomatlik yo‘lagi;

  • dam olish hududlarini tashkil etish topshirildi.

Chirchiq daryosi bo‘yida «yashil belbog‘» yaratiladi

Chirchiq daryosining Toshkent hududidan o‘tuvchi 16 kilometr qismida o‘zanni mustahkamlash ishlari ham boshlandi.

Loyiha doirasida qo‘shimcha 300 gektar hududda «yashil belbog‘», sayilgohlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil etiladi.

Ushbu o‘zgarishlar Sergeli va Yangihayotning nafaqat infratuzilmasini, balki umumiy qiyofasi va aholi uchun qulayligini ham sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?