“HOWO” yuk mashinasi soliq qarzdorligi uchun xatlanib auksionga qo‘yildi

“HOWO” yuk mashinasi soliq qarzdorligi uchun xatlanib auksionga qo‘yildi
Qisqacha

“B.” MCHJning Toshkent shahar soliq boshqarmasi oldidagi 107 271 779 so‘mlik qarzdorligi sababli balansidagi “HOWO” rusumli yuk mashinasi xatlandi. Transport vositasi baholanib, uning bozor qiymati 440 951 000 so‘m etib belgilandi. Yuk mashinasi qarzdorlikni qoplash maqsadida “E-auksion” elektron onlayn auksion platformasiga joylashtirildi. Auksiondan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda soliq qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi.

Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar soliq boshqarmasining qaroriga asosan qarzdor “B.” MCHJdan undiruvchi Toshkent shahar soliq boshqarmasi foydasiga 107 271 779 so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga 2026 yil 29 iyun kuni kelib tushgan bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor korxonaga ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni bartaraf etish haqida tegishli talabnoma yuborilgan.

Belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy tartibda to‘lanmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qarzdor korxonaning mol-mulkiy holati o‘rganilib, unga tegishli bo‘lgan mol-mulklar aniqlangan.

O‘rganishlar natijasida korxona balansida mavjud bo‘lgan “HOWO” rusumli yuk avtotransport vositasi aniqlanib, u belgilangan tartibda xatlangan.
Shundan so‘ng transport vositasi baholanib, uning bozor qiymati 440 951 000 so‘m etib belgilangan.

Qonunchilik talablariga muvofiq mazkur avtotransport vositasi realizatsiya qilish maqsadida “E-auksion” elektron onlayn auksion platformasiga joylashtirilgan.

Hozirgi vaqtda avtotransport vositasini elektron auksion orqali sotish ishlari olib borilmoqda. Auksion natijalariga ko‘ra tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda soliq qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat budjeti oldidagi qarzdorliklarni undirish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar