Namanganda qizni shantaj qilib, iPhone talab qilgan yigit ushlandi

Namangan viloyati Chust tumanida qizni shaxsiy suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan qimmat telefon talab qilgan yigit ushlandi.
Aniqlanishicha, 26 yoshli yigit 22 yoshli tanishining shaxsiy suratlarini oshkor qilmaslik evaziga undan iPhone olib berishni talab qilgan. U o‘z talabini amalga oshirish uchun qizni suratlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi iPhone 16 telefonini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Agar yigitning aybi sudda tasdiqlansa, unga amaldagi qonunchilikka ko‘ra besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.






























Izohlar 0
…