To‘y kuni qabristonga borgan kelin-kuyov ko‘pchilikni to‘lqinlantirdi

To‘y kuni tantanaga yo‘l olishdan avval kelin-kuyov kuyovning marhum otasi qabrini ziyorat qildi. Kuyov qabr poyiga gul qo‘yib, kelin esa ta’zim qilib salom berdi, shundan so‘ng ular birgalikda duo qildi. Video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan ota-onaga hurmat, vafodorlik va farzandlik burchining namunasi sifatida baholandi. Bunday an’ana avvalroq AQSH va Nigeriyada ham kuzatilgan.
O‘zbekistonda to‘y kuni sodir bo‘lgan ta’sirli voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, minglab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi. Unda kelin va kuyov tantanaga yo‘l olishdan avval kuyovning marhum otasi qabrini ziyorat qilgani tasvirlangan.
Videoda kuyov otasining qabri poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltiradi. Kelin esa qabr oldida ta’zim qilib salom beradi. Shundan so‘ng ular birgalikda duo qilib, marhumni yodga olishadi.
Mazkur lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda iliq munosabat uyg‘otdi. Ko‘plab foydalanuvchilar buni ota-onaga bo‘lgan cheksiz hurmat, vafodorlik va farzandlik burchining yorqin namunasi sifatida baholamoqda. Izohlarda "ota bu dunyoda bo‘lmasa ham, uning duosi va xotirasi farzand hayotida doimo muhim o‘rin tutadi" degan fikrlar ham ko‘plab uchramoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bunday an’ana faqat O‘zbekistonga xos emas. Avvalroq AQSH va Nigeriyada ham kelin-kuyovlarning to‘y kuni marhum ota-onalari qabrini ziyorat qilib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.






























Izohlar 0
…