Atirgullardan yasalgan ulkan oq ot kimga sovg‘a qilindi? (video)

Atirgullardan yasalgan ulkan oq ot kimga sovg‘a qilindi? (video)
Qisqacha

Oq atirgullardan yasalgan katta ot gul kompozitsiyasi aktrisa Durdona Qurbonovaga sovg‘a qilindi. Aktrisa videoni o‘z sahifasida ulashib, bunday gul hali hech kimda bo‘lmaganini hazilomuz tarzda yozdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda foydalanuvchilar aktrisaga havas qilganini bildirgan. Avvalroq Durdona Qurbonovaga katta ayiq va yurak shaklidagi gul kompozitsiyasi ham sovg‘a qilingani xabar qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda atirgullar bilan bezatilgan turli xil gul kompozitsiyalari ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Ot, kobra ilon, ayiq va yurak shaklida yaratilgan noodatiy kompozitsiyalar orasida yana bir o‘ziga xos sovg‘a paydo bo‘ldi.

Tarqalgan videoda oq atirgullardan yasalgan katta ot gul kompozitsiyasi aks etgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu noodatiy va nafis sovg‘a aktrisa Durdona Qurbonovaga taqdim etilgan.

Aktrisa ham o‘z sahifasida mazkur videoni ulashib, taassurotlarini hazilomuz tarzda ifodalagan.

“Gulni qaranglar, bunaqasi, menimcha, hali hech kimda bo‘lmagan”, — deb yozgan Durdona Qurbonova.

Videoga yozilgan izohlarda ko‘pchilik aktrisaga havas qilganini bildirib, bunday chiroyli va noodatiy sovg‘alar barcha qizlarga nasib etishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Durdona Qurbonovaga katta ayiq va uning yonida yurak shaklida tayyorlangan gul kompozitsiyasi ham sovg‘a qilingani haqida xabar bergan edik.

Oq libosdagi ayol gullardan yasalgan ayiq va yuraklar oldida turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar