Qozog‘istonlik kelinning mahr uchun kutilmagan talabi barchani hayratga soldi

Qozog‘istonda bir kelin mahr sifatida bo‘lajak turmush o‘rtog‘idan barcha tishlarini to‘liq davolatib berishni so‘radi. Uning noodatiy talabi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Ko‘pchilik bu tanlovni qimmatbaho sovg‘alardan ko‘ra salomatlikni ustun qo‘ygan oqilona qaror deb baholadi.
Qozog‘istonda kelinning mahr uchun bildirgan noodatiy istagi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Odatda qimmatbaho avtomobil, uy, iPhone yoki boshqa qimmat sovg‘alar so‘raladigan bir paytda u bo‘lajak turmush o‘rtog‘idan barcha tishlarini to‘liq davolatib berishni iltimos qilgan.
Ushbu qaror internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik buni tashqi dabdabadan ko‘ra salomatlikni ustun qo‘ygan, uzoqni o‘ylab qilingan oqilona tanlov sifatida baholamoqda. Ayrimlar esa bunday mahr kelajakdagi oilaviy hayot uchun eng foydali sovg‘alardan biri ekanini ta’kidlab, kelinning qarorini olqishlamoqda.






























Izohlar 0
…