O‘zbekiston dorixonalarida dorilar belgilangan narxdan bir necha baravar qimmat sotilgan

O‘zbekiston dorixonalarida dorilar belgilangan narxdan bir necha baravar qimmat sotilgan

Raqobat qo‘mitasi tomonidan farmatsevtika bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ayrim dorixonalarda dori vositalari belgilangan narxlardan yuqori bahoda sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruvlarda "SHUNQORLAR" MCHJ dorixonasida "POLIMIK" preparati 12,8 ming so‘m o‘rniga 70 ming so‘mdan, "KONVULЕKS" esa 66,5 ming so‘m o‘rniga 395 ming so‘mdan sotilgani aniqlangan. Bu dorilar belgilangan narxga nisbatan mos ravishda 5,5 va qariyb 6 baravar qimmatga taklif qilingan.

"MUNO FARM" dorixonasida "STIMULOTON" tabletkalari 295 ming so‘mdan, "HOSIL FARM"da "SLIDERON" 349 ming so‘mdan sotilgan. Har ikki holatda ham mahsulotlar belgilangan narxlardan sezilarli darajada qimmat bo‘lgan.

Bundan tashqari, bir nechta boshqa dorixonalarda ham shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan. Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan dorixonalarga ko‘rsatmalar berildi. Qo‘mita farmatsevtika sohasidagi narxlar nazoratini bundan buyon ham davom ettirishini bildirdi. Tekshiruvlar, jumladan, "sirli mijoz" usulida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar