Namangandagi 5 yashar qizning zo‘rlanishi bilan bog‘liq ishni Bosh prokuror o‘z nazoratiga oldi

1 daqiqa o'qish449
Namangandagi 5 yashar qizning zo‘rlanishi bilan bog‘liq ishni Bosh prokuror o‘z nazoratiga oldi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur ish bo‘yicha tergov jarayoni Bosh prokurorning shaxsiy nazoratiga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil sentyabrida Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi — nomusga tegish hamda 112-moddasi — o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish bilan bog‘liq normalar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov doirasida gumonlanuvchi shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni vaqtda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasi ish yurituviga o‘tkazilib, holatning barcha jihatlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan. Tergov jarayoni har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishi, shuningdek, voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanishi belgilangan.

Shu bilan birga, jinoyatga aloqadorlik, sodir bo‘lgan holatlarni yashirish yoki mas’ul shaxslar tomonidan vazifalarini lozim darajada bajarmaslik bilan bog‘liq har qanday holat aniqlansa, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berilishi ta’kidlangan.

Tergov yakuni bo‘yicha natijalar haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?