Xotinini bo‘g‘ib o‘ldirib, 2 yoshli qizining jasadini yashirgan erkak umrbod qamaldi

Xotinini bo‘g‘ib o‘ldirib, 2 yoshli qizining jasadini yashirgan erkak umrbod qamaldi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida xotini va uch yoshga to‘lmagan qizini o‘ldirgan erkak umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 7 iyun kuni ertalab soat 06:00 atrofida 27 yoshli Habibullo Qobilov mast holda uyiga kelib, 24 yoshli turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan so‘ng u qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etib, uning ham hayotiga nuqta qo‘ygan.

Erkak jinoyat izlarini yashirish maqsadida qizining jasadini sport sumkasiga solib, Toshkent shahrida yashovchi otasining uyiga olib borgan va hovlidagi hojatxonaga tashlagan.

8 iyun kuni Yangiyo‘ldagi xonadonlardan birida 24 yoshli ayolning tan jarohatlari bilan jasadi topilgan. Qizaloqning jasadi esa erkak qo‘lga olinganidan keyin aniqlangan.

Yangiyo‘l shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Habibullo Qobilovni sodir etilgan jinoyatlarda aybdor deb topib, unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar