Sirdaryoda tadbirkor foydasiga 1,3 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi

Sirdaryoda tadbirkor foydasiga 1,3 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi

Sud qarori ijrosini ta’minlash doirasida Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan tadbirkorlik subyekti manfaati himoya qilindi.

Sud qaroriga asosan, qarzdor korxonadan undiruvchi «E.G.A» MCHJ foydasiga 1 mlrd. 298 mln. so‘m qarzni undirish belgilangan.

Qarzdorlik belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganligi sababli, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi. Jumladan, qarzdor korxonaning bank hisobvaraqlariga band solinib, unga tegishli mol-mulklar xatlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 1 mlrd. 298 mln. so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, undiruvchi MCHJning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berildi.

Shu tariqa, sud qarori ijrosi ta’minlanib, tadbirkorning qonuniy manfaatlari tiklandi. 

Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar