MIB: Fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan qarzi to‘liq undirildi
1 daqiqa o'qish3

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan qarzdor fermer xo‘jaligidan elektr energiyasi uchun 25 mln. 310 ming so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan sud hujjati ijrosi ta’minlandi.
Sud qarori talablari belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, qarzdorning mol-mulki xatlanib, bank hisob raqamiga taqiq qo‘yildi.
Ko‘rilgan majburiy ijro choralari natijasida 25 mln. 310 ming so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Shuningdek, qarzdorlikni o‘z vaqtida ixtiyoriy ravishda bartaraf etmaganligi uchun qarzdordan 1 mln. 300 ming so‘m ijro yig‘imi ham undirildi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…