MIB Samarqandda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ foydasiga 89,4 mlrd so‘m undirdi

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan energiya resurslari sohasidagi qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ foydasiga 3 294 ta ijro hujjati bo‘yicha 89,4 mlrd so‘m qarzdorlik amalda undirildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 5,3 mlrd so‘mlik mol-mulk xatlanib, ularni elektron savdolar orqali sotish choralari ko‘rilmoqda.
Misol uchun, Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 11 avgustdagi ijro varaqasiga asosan, «CH-Q.SH.S.-F/X.»dan undiruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ foydasiga 529 mln. so‘m qarzni undirish belgilangan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirildi.
Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, jumladan, shanba va yakshanba kunlari ularning xonadonlarida bo‘lish ehtimolini inobatga olgan holda, sud hujjatlarining mazmunini tushuntirish hamda qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Bu boradagi ijro harakatlari davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…