17 yoshli kuryerni haqorat qilgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryerni haqorat qilgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Brasserie Park restorani oldida 17 oktyabr kuni janjal sodir bo‘ldi. Restoran xodimi skuterda kelgan 17 yoshli kuryer bilan tortishib, uni haqorat qilgan. Kuryer esa navigator ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha kelganini tushuntirgan.

Sudda restoran xodimi janjal kuryer mijozlar o‘tirgan hududga kirib kelgani sababli boshlanganini aytgan. U jahl ustida haqorat qilganini tan olib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan.

Mirobod tumani sudi erkakni mayda bezorilik sodir etganlikda aybli deb topdi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Hodisadan keyin restoranning piyodalar yo‘lagiga qo‘yilgan stol va stullari ham olib tashlandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar